Xolandning kuch-qudrati oshmoqda
“Borussiya” hujumchisi Erling Xolandning shaxsiy murabbiyi Borre Stinslid shogirdining qisqa muddat ichida jismoniy tayyorgarligini kuchaytira olganini aytdi.
-Erlingning mushak massasi 15 oy davomida 12 kilogrammga oshdi va bo‘yi 12 santimertga o‘sdi. Hayratlanarli. Uning tanasi genetik jihatda mashg‘ulotlarga moslashgan. Lekin muvaffaqiyatga erishish uchun juda ko‘p mehnat qildik, - deydi murabbiy.
Xoland 2020 yilning yanvar oyida “Zaltsburg”dan Dortmundning “Borussiya”siga 20 million evro evaziga ko‘chib o‘tdi va 2024 yilning yozigacha shartnoma imzoladi. Hozir yosh to‘purarga dunyoning eng kuchli klublari og‘iz solmoqda va uning narxi bir necha barobar oshib ketgan.

Fikrlar