
"Xorazm" Antaliyadagi ilk o‘yinda Gruziya chempionini taslim qildi
Antaliyada yig‘in o‘tkazayotgan "Xorazm" klubi ilk o‘rtoqlik uchrashuvini Gruziya chempioni "Iberia"ga qarshi o‘tkazdi.
Qiziqarli o‘tgan uchrashuvda Hakim Fuzaylov boshchiligidagi "Xorazm" 3:1 hisobida g‘alaba qozondi.
Avvaliga gruziyaliklar hisobni ochishdi. Keyinchalik "Xorazm" sardori Abror Xusinov hisobni tenglashtirdi.
Ikkinchi bo‘limda esa yaqinda "Andijon"dan ijaraga olingan tojikistonlik Shaxrom Samiev ikkita gol urishga erishdi va yakunda "Xorazm" 3:1 hisobidagi g‘alabani qo‘lga kiritdi.
Urganchliklarning navbatdagi o‘yini 20 fevral kuni Rossiyaning "Ufa" klubiga qarshi bo‘lib o‘tadi.
Fikrlar