"Xorazm" futbolchisi legionerga aylandi!
"Xorazm" jamoasi futbolchisi faoliyatini Iroq chempionatida davom ettiradi. Bu haqida Instagram’dagi heroo7_iq sahifasi xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, Murodbek Bobojon Iroqning "Amanat Bag‘dod" klubiga ko‘chib o‘tgan. Qayd etilishicha, ushbu jamoa safida yana bir o‘zbekistonlik futbolchi Baxtiyor Qosimov ham harakat qilmoqda.
Ma’lumot uchun, Bobojon Superliganing yakunlangan mavsumida 27 ta uchrashuvda ishtirok etib, 8 ta gol muallifi bo‘lgan.


Fikrlar