"Xorazm" oʻz tarkibiga "Crvena Zvezda" safida oʻynagan futbolchini qoʻshib oldi
"Xorazm" jamoasi Superliganing yangi mavsumi oldidan tarkibini kuchaytirishda davom etmoqda. Klub matbuot xizmati tajribali darvozabon Nikola Stosich bilan shartnoma imzolanganini rasman e’lon qildi.
Stosich faoliyati davomida "Prva Iskra", "TEK Sloga", "Crvena Zvezda", "Buxoro" hamda "Istiqlol Dushanbe" klublari sharafini himoya qilgan.
Ma’lumot uchun, yakunlangan mavsumda "Xorazm" jamoasi 24 ochko jamg‘arib, turnir jadvalidа 15-o‘rinni egallagan edi.
Fikrlar