Xorij klublariga O‘zbekistondan futbolchi olishni tavsiya qilishdi
Futbolchilik davrida “Manchester Yunayted”, “Everton”, “Manchester Siti” va “Sautgempton”, “Reynjers” va “Fiorentina” kabi mashhur klublarda o‘ynagan Andrey Kanchelskis o‘zbek futboli haqida fikr bildirdi.
Murabbiylik faoliyati davomida ikki bor “Navbahor” bosh murabbiyi bo‘lgan rossiyalik mutaxassis Rossiya klublarini o‘zbek futbolchilariga e’tibor qaratishga chaqirdi.
- O‘zbekistonda futbol juda tez sur’atlar bilan rivojlanmoqda, ularning terma jamoasi jahon chempionatiga shunchaki o‘z-o‘zidan chiqqani yo‘q.
Bizning klublar Osiyodan futbolchilarga e’tibor qaratishi lozim. Bu bizga yaqin va do‘stona munosabatda bo‘lgan hudud, u erda ko‘plab iste’dodli o‘yinchilar bor, - dedi Andrey Kanchelskis.
Bugungi kunda o‘zbek futbolining eng yorqin vakili sifatida Abduqodir Husanov tilga olinmoqda. 21 yoshli himoyachi “Bunyodkor”da tarbiyalangan, professional faoliyatini Belarusning “Energetik-BGU” klubida boshlagan.
Abduqodir yosh bo‘lishiga qaramay, ikkita top-liga – Frantsiya va Angliya chempionatlarida maydonga tushgan birinchi va hozircha yagona o‘zbek futbolchisi hisoblanadi. Bundan tashqari, transfermarkt portali ekspertlari tomonidan 3 million evroga baholangan Husanov Markaziy Osiyoning eng qimmatbaho o‘yinchisidir.
Ta’kidlash joizki, mamlakatimiz tarixida ilk bor jahon chempionatiga yo‘llanma olgan O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zolari orasida Abduqodir Husanovdan boshqa legioner maqomida xorij chempionatlarida to‘p tepayotgan futbolchilarimiz ko‘p.
Xususan, “top-5” ligalar sirasiga kiruvchi Italiya A Seriyasida “Jenoa”, “Spetsiya”, “Kalyari” va “Roma”da o‘ynagan Eldor Shomurodov bu mavsumdan e’tiboran Turkiyaning “Istanbul Bashakshehir” jamoasi sharafini himoya qilmoqda.
Moskvaning TsSKA klubida Rossiya kubogi va Superkubogiga ega chiqqan Abbosbek Fayzullaev ham “Bashakshehir”da gollari hisobini ochishga muvaffaq bo‘ldi. Husniddin Aliqulov esa, bir necha mavsumdan beri “Rizespor” jamoasida o‘ynayapti.
Shuningdek, Rustam Ashurmatov, Odiljon Hamrobekov, Jaloliddin Masharipov, Oston O‘runov, O‘tkir Yusupov Eron futbolida nom qozongan o‘zbek futbolchilari hisoblanadi.
Otabek Shukurov, Abdulla Abdullaev, Aziz G‘aniev, Akmal Mozgovoy arab mamlakatlarida o‘zbek futboli qudratini namoyish qilib kelayotgan charm to‘p ustalari ro‘yxatida turadi.
O‘zbekiston ulkan hurmatga loyiq! Portugaliya ustozi Martines yana nimalar dedi?
Bu xatodan keyin Gvardiola Husanovni asosiy tarkibga qaytarishi shart
Fikrlar