Xorijlik ekspert: Hech qaysi himoyachi to‘p bilan yugurayotgan Yaxshiboevga etolmayapti!

  • 3 avgust, 2020, 00:05
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 4
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘z vaqtida BATE, “Karpati” va  “Chernomorets” klublari va Belarus yoshlar terma jamoasini boshqargan Oleg Dulub o‘zbekistonlik legioner Jasur Yaxshiboevning ustunliklari haqida gapirdi.

Tecno

- Jasurbek Yaxshiboevni ilgari bilmasdik. U chempionatimizga kometaday kirib keldi. “Shaxtyor”ga o‘tganidan keyin ham gol urishda davom etmoqda.

Men u O‘zbekistonda futbolga bog‘liq bo‘lmagan masalalar sabab o‘zini ko‘rsata olmagan, deb o‘ylayman. Jasur – o‘zgacha futbolchi, u to‘p bilan bizning aksariyat himoyachilarimizdan tez yuguradi. Bu aniq fakt. “Smolevichi”bilan bo‘lgan so‘nggi uchrashuvda ham Yaxshiboev maydon markazidan boshlab, raqiblarini ortda qoldira boshladi. “Energetik-BGU”da o‘ynaganida ham shunday bo‘lgan. Ikkita markaziy himoyachi to‘p bilan yugurayotgan Jasurga eta olmagan. Uning tezligi Belarus chempionati uchun o‘ta yuqori. Bunga qo‘shimcha tarzda Jasur chap oyoqda kuchli zarba berib, himoyachilarga noqulaylik tug‘dirmoqda, - dedi Oleg Dulub.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Otayor Mahsudov
03/08/2020 07:59
Milliy terma jamosida o‘zini ko‘rsata olmasa bunday yugurishni keragi yo‘q
&
Liverpool fan
03/08/2020 08:24
Факат корейс и японлар ёмон югурадидэ
chag'ot city
03/08/2020 14:29
OZ qoldi termada ham o'zini kursatadi agar shunday bolib qolsa nima deymiz ee shunday o'yinchimiz bor ekanku bilmagan ekanmiz deymiz!!!
&
AMUDARYO MANG'IT
03/08/2020 17:52
Endi chaqirsa kerak termaga shu o'ynashi bo'lsa