
Xorvatiya terma jamoasining Portugaliya va Shveytsariyaga qarshi o‘yinlar uchun tarkibi e’lon qilindi
Xorvatiya terma jamoasining Portugaliya va Shveytsariyaga qarshi o‘rtoqlik o‘yinlari uchun tarkibi e’lon qilindi.
Ushbu bellashuvlar 26- va 30-mart kunlari Qatar poytaxti Doha shahrida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.
Darvozabonlar: Lovre Kalinich ("Tuluza"), Dominik Livakovich ("Dinamo" Zagreb), Simon Sluga ("Lyuton Taun");
Himoyachilar: Domagoy Vida ("Beshiktash"), Deyan Lovren ("Liverpul"), Shime Vrsalko ("Atletiko"), Tin Edvay ("Augsburg"), Borna Barishich ("Reyndjers"), Duye Chaleta-Tsar ("Marsel"), Mile Shkorich ("Osiek"), Dario Melnyak ("Chaykur Rizespor");
Yarim himoyachilar: Luka Modrich ("Real"), Ivan Rakitich ("Barselona"), Mateo Kovachich ("Chelsi"), Marselo Brozovich ("Inter"), Milan Badel ("Fiorentina"), Mario Pashalich ("Atalanta"), Nikola Vlashich (TsSKA);
Hujumchilar: Ivan Perishich ("Bavariya"), Andrey Kramarich ("Xoffenxaym"), Ante Rebich ("Milan"), Yosip Brekalo ("Volfsburg"), Bruno Petkovich ("Dinamo" Zagreb).
Fikrlar