Xorvatiya terma jamoasining yangi bosh murabbiyi ma'lum bo‘ldi

  • 13.07.2026 17:29
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Xorvatiya milliy terma jamoasiga yangi bosh murabbiy tayinlandi. Jamoa matbuot xizmati xabariga ko‘ra, terma jamoani endilikda Slaven Bilich boshqaradi. 

U bu lavozimda 2017 yildan beri jamoani boshqarib kelgan va yaqinda iste’fo bergan Zlatko Dalich o‘rnini egalladi.

Slaven Bilich Xorvatiya terma jamoasi uchun yangi nom emas. U 2006–2012 yillar oralig‘ida ham milliy jamoaga boshchilik qilgan. Terma jamoadan ketgach, Bilich klub futbolida faoliyat yuritdi: Moskvani "Lokomotiv" jamoasini, Turkiyaning "Beshiktaş" klubini, Angliyaning "Vest Xem", "Vest Bromvich" va "Uotford" jamoalarini boshqardi. Shuningdek, u Xitoyning "Beytszin Goan" klubida, Saudiya Arabistonining "Al-Ittiҳod" va "Al-Fateҳ" jamoalarida ham ishladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!