
Xorvatiyalik darvozabonni firibgarligi uchun qamab qo‘yishdi
Maltaning “Birkirkara” klubi darvozaboni Miroslav Koprich o‘yinlarga noqonuniy tarzda pul tikkani uchun hibsga olindi.
Times of Malta tarqatayotgan xabarga qaraganda, ushbu ehtimoliy firibgarlikdan klub prezidenti va rahbariyatning boshqa a’zolari xabar topishgan va xorvatiyalik futbolchiga o‘zini qonun ixtyoriga topshirishini maslahat berishgan.
Qayd eitsh joiz, futbolchi joriy mavsumda “Birkirkara” safida 22 o‘yinda maydonga tushib, o‘z darvozasidan 26 ta to‘p olib chiqqan.
Fikrlar