Xorxe Masvidal: "Islom Maxachевni hozir birgina jangchi to‘xtatishi mumkin"

  • 08.08.2026 11:46
  • Javohir Malikov
  • 0
  • MMA
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

MMA yulduzi Xorxe Masvidal ukrainalik Yaroslav Amosovning mahoratini yuqori baholab, uning hatto yarim o‘rta vaznda amaldagi UFC chempioni Islom Maxachev uchun ham jiddiy muammo tug‘dirishini ta’kidladi.

"Deep Waters" podkastida Masvidal Ukraina vakilining jismoniy ko‘rsatkichlari va kurash maktabini yuqori baholadi.

"Yarim o‘rta vazndagi jangchilardan menga eng yoqadiganlaridan biri — Karlos Prates, uning har bir jangi tomoshabin uchun bayram. Biroq yana bir yigit bor — Yaroslav Amosov, u haqiqatan ham juda kuchli. Ukrain reytingda TOP-10 talikda turgan istalgan raqib uchun haqiqiy dahshat. Ha, bu gap Islom Maxachevga ham taaluqli! Yaraslov – katta gabaritli, qo‘l uzunligi a’lo, jismoniy jihatdan esa o‘ta baquvvat yigit. Esimda, u jangovar sambo bo‘yicha jahon chempioni bo‘lgan, bu esa klinchda, korpusdan ushlashda va raqibni parterga yiqitishda haqiqiy ustasi farang ekanini anglatadi", — dedi Masvidal.

Eslatib o‘tamiz, Yaroslav Amosov oxirgi bor "UFC 328" turnirida Xoel Alvaresga qarshi oktagonga ko‘tarilib, 2 raundda sabmishn evaziga g‘alaba qo‘zongan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!