
Xoylund Ronaldu uslubida gol nishonlagani haqida gapirdi
Xabaringiz bor, kecha Millatlar ligasi chorak final bosqichi doirasida Portugaliya Daniya bilan kuch sinashib, 1:0 hisobida mag‘lub bo‘ldi. Uchrashuvning yagona golini "Manchester Yunayted" hujumchisi hisoblangan Rasmus Xoylund kiritib, Ronaldu uslubida nishonladi. O‘yindan keyin esa forvard Krishtianu va gol nishonlashi haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
"U mening kumirim. Bu erda uni masxaralaydigan hech narsa yo‘q. Menga va futbol kareramga Krishtianuning ta’siri juda katta. Unga va Portugaliyaga qarshi o‘yinda gol urish bu boshqacha hissiyot beradi.
Ronaldu men uchun hamma narsa. Men futbolga Krishtianu sababli ko‘ngil qo‘yganman, Krishtianu sababli "Yunayted" muxlisiga aylanganman, bolaligimdan Krishga o‘xshashni xohlaganman" - deya o‘z fikrini bildirdi.
Ma’lumot o‘rnida, Portugaliya Daniyaga qarshi javob bellashuvini 23 mart kuni o‘tkazadi. Ushbu uchrashuv Toshkent vaqti bilan 00:45 da start oladi.
Fikrlar