Xulian Al’vares qaysi klubga o‘tishi haqida qaror qildi

  • 22.08.2026 10:32
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

«Atletiko» klubi hujumchisi Xulian Al’vares «Arsenal» jamoasiga ehtimoliy transferi borasida oʻz pozitsiyasini bildirgani haqida Sports.kz xabar berdi.

Diario AS nashrining yozishicha, argentinalik futbolchi londonliklarga aniq javob qaytargan:

- Xulian Al’vares «Arsenal» rahbariyatiga u bu jamoaga oʻtmasligini maʼlum qildi. Uning yagona orzusi — «Barselona» safida toʻp surish. Biroq  «Atletiko»  uni «Barselona»ga sotish niyatida emas. Shu bois Al’vares atrofidagi vaziyat deyarli yechimsiz holatga kelib qoldi», — deya yozadi manba.

Eslatib oʻtamiz, oʻtgan mavsumda Xulian Al’vares «Atletiko» tarkibida barcha musobaqalar doirasida 49 ta oʻyinda maydonga tushib, 20 ta gol urdi va 9 ta golli pas berdi. Transfermarkt.de portali 26 yoshli argentinalik hujumchining transfer qiymatini 120 million yevro atrofida baholamoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!