Xulian Al’vares APLga qaytishi mumkin

  • 13.01.2026 10:11
  • Улуғбек Хошимов
  • 0
  • Futbol

Xulian Al’vares "Manchester Yunayted" radariга tushdi.

Argentina terma jamoasi va Madriddning "Atletiko" klubi forvardi Xulian Al’vares faoliyatini Angliya Premier-ligasida davom ettirishi mumkin. Xabarlarga ko‘ra, futbolchining xizmatlariga "Manchester Yunayted" jiddiy qiziqish bildirmoqda. "Qizil iblislar" hujumchini asosiy transfer maqsadi sifatida tanlagan. "MYu" rahbariyati har qanday yo‘l bilan, Al’varesni jamoaga olib kelishga harakat qilmoqchi. Argentinalik futbolchi 2024 yilning yozida 75 million yevro evaziga "Manchester Siti"dan "matraschilar" safiga kelib qo‘shilgan. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2030 yilning yozida yakuniga yetadi. 

Ma’lumot uchun, "Spider-man" joriy mavsumda barcha musobaqalarda umumiy 25ta uchrashuvda maydonga tushib, 11ta gol urdi va 5ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!