Xulian Alvares qaysi klubga o‘tishni istayotgani ma’lum

  • 13.11.2025 18:34
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Atletiko Madrid" hujumchisi Xulian Alvares jamoasini o‘zgartirishni rejalashtirmoqda. U karerasini davom ettirish uchun bir nechta imkoniyatlarga ega.

"Chelsea Chronicle" nashrining bergan ma’lumotlariga ko‘ra, argentinalik futbolchiga "Chelsi", PSJ va "Barselona" klublari qiziqish bildirmoqda. Alvares uchun eng ma’qul variant bu Kataloniya klubi. Futbolchining chempionatga moslashish zarurati yo‘qligi uni o‘ziga jalb qilmoqda. 

Hozirda futbolchining "Transfermarkt" portalidagi narxi 100 million evroni tashkil etadi. Uning "Atletiko" klubi bilan amaldagi shartnomasi 2030 yilgacha amal qiladi.

Eslatib o‘tamiz, 25 yoshli forvard joriy mavsum "matraschilar" safida jami  18 ta uchrashuvda maydonga tushib, 9 ta gol kiritgan va 5 ta golli uzatmani amalga oshirgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!