Xulian Al’varesga yangi da’vogar paydo bo‘ldi
Londonning "Chelsi" klubi "Atletiko Madrid" hujumchisi Julian Alvaresni oʻz safiga qoʻshib olishni rejalashtirmoqda. Bu haqida ESPN nashri maʼlum qildi.
Manba maʼlumotiga koʻra, "aristokratlar" argentinalik hujumchi transferi boʻyicha muzokaralarni faollashtirgan va futbolchi uchun daʼvogarga aylangan. Maʼlum boʻlishicha, London klubi uzoq muddatli istiqbolda Alvaresga umid bogʻlamoqda. Chunki klub rahbariyatini jamoani oʻz ortidan ergashtira oladigan dinamik yuqori va intensivlikka ega hujumchini tarkibida boʻlishini istamoqda.
Avvalroq, insayderlar forvard Londoning boshqa bir klubi "Arsenal"ga oʻtishga yaqin turgani haqida xabarlar chiqqan edi. "Toʻpchilar"dan tashqari Alvaresga "Barselona" ham daʼvogarlik qilmoqda. Biroq, Kataloniya klubida moliyaviy qiyinchiliklar tufayli bu transfer amalga oshishi dargumon.
Maʼlumot uchun, 26 yoshli hujumchi joriy mavsum Madrid klubi safida 32 ta uchrashuvida maydonga tushib, 11 ta gol kiritdi va 5 ta golli uzatma amalga oshirdi.
Fikrlar