Xulian, yo‘qol! "Atletiko" fantalari Alvaresdan yuz o‘girdi

  • 21.08.2026 18:02
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

«Atletiko» muxlislari jamoa hujumchisi Xulian Al’varesdan voz kechishni talab qilib, norozilik aksiyasini o‘tkazishdi. Futbolchi avvalroq «Barselona»ga o‘tish istagini bildirgan edi.

Juma kuni ertalab Madrid klubining mashg‘ulot bazasi yonida Al’vares maydonga tushadigan 19-raqam ustidan chizib qo‘yilgan plakat osib qo‘yildi. Yonidagi boshqa yozuvda esa: «Xulian, yo‘qol!» degan talab aks etgan.

Bundan oldin ham «Atletiko» fanatlari 19 avgust kuni La Liganing 1-turida «Malaga»ga qarshi o‘yin (2:0) paytida argentinalik hujumchiga nisbatan haqoratli shiorlar qichqirishgan. Al’vares ushbu uchrashuv uchun jamoa ro‘yxatiga kiritilmagan edi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!