
Xuntelar faoliyatidagi 400-golini urdi
Bugun Gollandiya chempionatining 23-turida “Ayaks” o‘z maydonida “Valveyk” (3:0) klubini yirik hisobda engdi.
Amsterdamliklarning 3-goliga mahoratli hujumchi Klas-Yan Xuntelar mualliflik qildi. E’tiborlisi, bu 36 yoshli futbolchi uchun professional faoliyatidagi 400-gol bo‘ldi. U ushbu gollarning 151 tasini “Ayaks” safida kiritganini alohida qayd etish lozim.
Ma’lumot uchun, Xuntelar faoliyati davomida shuningdek «Real», «Milan» va «Shalke» kabi mashhur jamoalarda to‘p surgan.
Fikrlar