
Xunuk xabar Anchelottigacha etib bordi
“Real”ni boshqarayotgan Karlo Anchelotti klub rahbariyati uni iste’foga chiqarishga tayyor ekani va o‘rniga vaqtinchalik bosh murabbiy topib qo‘yganini bilib qoldi.
“Qirollik klubi” xo‘jayinlari agar jamoa o‘yini va natijalarida qisqa fursatda sezilarli darajada ijobiy o‘zgarishlar bo‘lmasa, Karlo Anchelottini ishdan olib, jamoani klub direktori Santyago Solariga topshirmoqchi.
COPE nashri jurnalisti Roberto Morales italiyalik mutaxassis xo‘jayinlar rejasidan xabar topgani va xafa bo‘lganini yozdi.
- Keyingi paytlarda matbuot anjumanlarida Karlo Anchelotti ilgaridek holatda ko‘rmayapmiz? Klub ichidagi manbalarning menga aytishicha, bir necha kun avval klub rahbariyati Santyago Solari bilan gaplashgan va bu mutaxassis jamoani qabul qilib olishga tayyorligini bildirgan.
Bu xabar bizga etib kelganidek, amaldagi bosh murabbiyning qulog‘iga ham chalingan. Karlo Anchelottiga xo‘jayinlarning bu ishi va yuzaga kelgan holat umuman yoqmadi, - deb yozdi Roberto Morales.
“Real” o‘tgan mavsum Karlo Anchelotti qo‘l ostida Ispaniya chempionati va Evropa Chempionlar ligasida g‘olib chiqqan edi.
Fikrlar
Ayb Mbappeda