
Xusayn Norchaev: "Eng katta foydamiz gol bilan bo‘ladi"
Ma’lumki, “Neftchi” jamoasi ayni paytda Turkiyaning Antaliya shahrida o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlarini o‘tkazmoqda va shu bilan birga qator nazorat o‘yinlarida ham ishtirok etib kelmoqda. Navbatdagi uchrashuv sifatida farg‘onaliklar Qozog‘istonning “Jetisu” jamoasiga qarshi maydonga tushdilar.
Qiziqarli o‘tgan o‘yinda “Neftchi” raqibini 3:1 hisobida engdi. Jamoaning yangi a’zosi – Xusayn Norchaev esa dublga erishdi. Shundan so‘ng futbolchi klub matbuot xizmatiga o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
“Jetisu”ga qarshi o‘yin haqida
- Reja bo‘yicha navbatdagi o‘yinimizni o‘tkazdik. Xudoga shukr, g‘alaba qozondik. Boshida o‘zimizni xatoimiz evaziga gol o‘tkazib yubordik. Keyin o‘zimizga keldik va gollar urib, o‘yinni nazoratimziga oldik, yakunda g‘alaba qozondik.
Asosiy vazifasi
Hujumchimiz, asosiy vazifamiz oldinga chiziqda gol urish. Eng katta foydamiz gol bilan bo‘ladi. O‘yindan oldin gol urishni niyat qilgandim.
“Neftchi”ga moslashuvi to‘g‘risida
“Neftchi” jamoasida barchasi yaqin akalarimiz. O‘zbekistonda birga bo‘lganmiz, har doim bir-birimizni ko‘rganmiz. Chiqishib ketish qiyin bo‘lmayapti. Xudoga shukr, hammasi yaxshi qabul qildi.
Jasur Jaloliddinov xususida
Biz Jasur Jaloliddinov bilan anchadan beri birga o‘ynaymiz. Terma jamoalarda harakat qilamiz. Birgalikda o‘smirlar terma jamoasiga kelganmiz. Superligada ham birgalikda yaxshi o‘yinlar ko‘rsatib, g‘alabalarga hissa qo‘shishga harakat qilamiz.
Fikrlar