
Xushnud Xudoyberdiev "So‘g‘diyona" - "Turon" o‘yini haqida: Bosh hakamning yoki ko‘zi, yoki vijdoni ko‘r
Xabaringiz bor, bugun Jizzaxda Superliganing 2-turidan o‘rin olgan “So‘g‘diyona” hamda “Turon” (1:0) jamoalari bahsi bo‘lib o‘tdi.
Huquqshunos Xushnud Xudoyberdiev ham juda ko‘p bahs-munozaralarga sabab bo‘layotgan ushbu o‘yin borasida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
“Bugun O‘zbekiston Super ligasining 2-turida davlat byudjeti pullariga moliyalashtiriladigan Jizzaxning «So‘g‘diyona» hamda milliy chempionatimizdagi yagona xususiy jamoa Yaypanning «Turon» jamoalari o‘rtasidagi bahsda mezbonlar 1:0 hisobida g‘alaba qozonishdi.
Har yili davlat byudjetidan taxminan 20 mlrd so‘m oladigan «So‘g‘diyona» yagona golni mana shunaqa sharmandali penaltidan urdi. Bosh hakamning yoki ko‘zi, yoki vijdoni ko‘r.
Mayli, bunaqa xatoliklar VAR paydo bo‘lgungacha xalqaro futbolda ham doim bo‘lgan.
Ammo boshqa narsani aytmoqchiman:
Har yili BIR NEChA YuZ MILLIARD SO‘M byudjet pullari shu rasvo futbolimizga ketyapti, bundan biror foyda bo‘lyaptimi? Undan ko‘ra bu pullarni ta’limga, maktablarga sarflasa millat uchun ming marta foyda bo‘lardi.
Men to‘lagan soliqlardan 1 so‘mni ham futbolga berilishiga aslo rozimasman!!! Qo‘lidan kelsa jamoalar o‘zi pul ishlab topsin va ana shunda bilganini qilsin”, - dedi Xushnud Xudoyberdiev.
Fikrlar
Ундан кўра бу пулларни таълимга, мактабларга сарфласа миллат учун минг марта фойда бўларди.
Яхши фикрларини виждонан баралла айтадиган инсонлар футболимизга кўпайсин.
Ўйинга келадиган бўлсак, Клуб ариза бериб ўйинни қайтадан ўтказиш керак.
Давлат хар бир сохага етардича пул ажратади УРТОК" Палонкасиб пистиенкасиб " , бу ерда 1 та жвмоада 50-60 та одам ишлайди уларни хам сандака оиласи бор, гапирганда хаммага каратиб гапирма, хамма бирдек айбдормас, давлат хам кисман айбдор пулни нега куш куллаб топширади?!