Asosiy mazmunga oʻtish

Xushxabar! Hamyurtimiz PSJ bilan shartnoma imzoladi

Javokhir Azimov
Izohlar: 0

O‘z tarkibiga mashhur dzyudochilarni jamlagan Parij klubi Evropa Ligasida ishtirok etadi.

Tokio Olimpiadasining bronza medali sovrindori Davlat Bobonov Frantsiyaning PSJ klubi a’zosiga aylandi.

O‘z tarkibiga mashhur dzyudochilarni jamlagan Parij klubi Evropa Ligasida ishtirok etadi. PSJ rahbariyati Bobonovni ham o‘z safiga qo‘shib oldi. Hamyurtimiz klublar o‘rtasidagi Evropa Ligasida Frantsiya jamoasi sharafini himoya qiladi va tabiiyki, bu bilan o‘z tajribasini yanada oshirib boradi.

PSJ tarkibida afsonaviy Teddi Riner, shuningdek yaqindagina Abu-Dabi "Katta Dubulg‘a" turnirida chempionlik shohsupasiga ko‘tarilgan moldovalik Denis Vieru, Alfa Djalo singari dzyudochilar bor.

O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi matbuot xizmati

Ulashish
SPORTS.uz'ni Youtube'da tomosha qiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q