
Xushxabar! Tokio Olimpiadasiga yana to‘rt nafar bokschimiz yo‘llanmani qo‘lga kiritdi
Tokio Olimpiadasiga oz vaqt qoldi. Bokschilarimiz ushbu to‘rt yillikning eng nufuzli turnirida ishtirok etish uchun Iordaniyada litsenziya beruvchi turnirda ishtirok etib, 7 ta yo‘llanmani qo‘lga kiritgan edi. Shulardan bir bittasi qizlar o‘rtasidagi musobaqalarda naqd qilingandi.
Jumladan, -52 kgda Shahobiddin Zoirov, -57 kgda Mirazizbek Mirzaxalilov, -63 kgda Elnur Abduraimov, -69 kgda Bobousmon Boturov, -91 kgda Sanjar Tursunov, +91 kgda Bahodir Jalolov hamda 51 kg vazndagi vakilamiz Tursunoy Rahimova ushbu vazifani uddalagan edi.
-75 kgda Fanat Qahramonov va -81 kg vaznda Dilshodbek Ro‘zmetov turnirda muvaffaqiyatsizlikka uchrab, bu imkoniyatni qo‘ldan boy bergan va navbatdagi litsenzion turnirlarga umid bog‘lab turgandi. Biroq, koronavirus pandemiyasi va boshqa omillar tufayli, so‘ngi Frantsiyadagi yo‘llanma beruvchi musobaqa bekor qilinib, yo‘llanmalar reytinga qarab taqsimlanishi ma’lum qilingandi.
Bugungi, tarqalagan ma’lumotlarga qaraganda, AIBA reytingdagi ko‘rsatkichlariga qarab, Fanat Kahramonov, Dilshod Ro‘zmetov, Rayhona Qodirova (60 kg) va Maftuna Melievaga (69 kg) Tokio Olimpiadasida ishtirok etuvchi yo‘llanmani taqdim etgan.
Biz bunga aniqlik kiritish maqsadida O‘zbekiston boks terma jamoasi murabbiyi Rahmatjon Ro‘zioxunov bilan bog‘landik.
- Bu boradagi xabarlar bizga ham etib keldi. Biroq, aniq va ravshan ma’lumotni bilmayman. Vaholanki, bu kutilgandi. Sababi, reytingdagi imkoniyatlar yaxshi edi. O‘ylaymanki, bu barchasi haqiqat!
Sergey Kovalyov Bektemir Meliqo‘ziev bilan jang qilish imkoniyatini saqlab qolmoqchi |
Toshkentdagi boks oqshomini qaysi mashhur ring-anonseri olib boradi?
Fikrlar