Xvicha: "Bu hissiyotlarni so‘z bilan ifodalab bo‘lmaydi"

  • 31.05.2026 12:19
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

PSJ yarim himoyachisi Xvicha Kvaratsxeliya Chempionlar ligasidagi g‘alabadan keyin o‘z taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi.

Parijliklar finalda "Arsenal"ni mag‘lub etib, ketma-ket ikkinchi bor musobaqa bosh sovrinini qo‘lga kiritishdi. Asosiy va qo‘shimcha vaqt 1:1 hisobida yakunlangan bo‘lsa, penaltilar seriyasida PSJ 4:3 hisobida g‘alaba qo‘zondi.

"Bu shunchaki aqlbovar qilmas holat. Hissiyotlarimni hatto tasvirlab bera olmayman.

Shunday jamoaning bir qismi ekanimdan juda faxrlanaman. Biz uchun mavsum oson kechmadi, ammo nimlarga qodir ekanimizni ko‘rsatdik. Bugun ketma-ket ikkinchi marta chempion bo‘ldik.

Penaltilar seriyasida omad ham kerak bo‘ladi, ammo bunga tayyorgarlik ko‘rish ham muhim. Biz aynan shunday qildik.

Menimcha, g‘alabaga loyiq edik, chunki yetarlicha golli vaziyatlar yaratdik", — dedi Xvicha.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!