Asosiy mazmunga oʻtish

Xöysen «Real»ning YEChLdagi yirik g‘alabasi haqida fikr bildirdi

Muhammadqodir Ruzmatov
Izohlar: 0

«Real» «RB Leyptsig»ni 4:1 hisobida mag‘lub etdi, Din Xöysen ikkinchi bo‘limda jamoa o‘yini ancha yaxshilangani­ni ta’kidladi.

«Real» markaziy himoyachisi Din Xöysen UEFA Chempionlar ligasi umumiy bosqichi doirasida «RB Leyptsig»ga qarshi o‘tkazilgan uchrashuv haqida gapirdi. Madriddliklar o‘z maydonida 4:1 hisobida yirik g‘alabaga erishdi.

«Ikkinchi bo‘limda yondashuvimizni o‘zgartirdik. Yanada jips va ishonchliroq o‘ynay boshladik. Tanaffusgacha yetarlicha yaxshi harakat qilmagan edik, ammo ikkinchi bo‘limda o‘yinimizni yaxshilashga muvaffaq bo‘ldik», — deya ispaniyalik futbolchining so‘zlarini keltiradi Metaratings.ru.

Eslatib o‘tamiz, Joze Mourinyo shogirdlari Chempionlar ligasi umumiy bosqichidagi keyingi uchrashuvni safarda Gretsiyaning AEK jamoasiga qarshi o‘tkazadi. Uchrashuv 4 noyabr, chorshanba kuniga belgilangan.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Telegram'dagi kanaliga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q