
Yair Rodriges: "Ba’zan u bilan uchrashib, kaltaklagim keladi"
Meksikalik yarim engil vazn (65,8 kg) toifasidagi UFC jangchisi Yair Rodriges (19-4-1 NC) Ispaniya sharafini himoya qiluvchi gruzin jangchisi Iliya Topuriya (14-0) bilan jang qilishni xohlaydi.
"Ba’zan u bilan uchrashib, kaltaklagim keladi. Agar UFC Ispaniyada turnir o‘tkazishni rejalashtirayotgan bo‘lsa, men bu kechada jang qilishga tayyorman. Bu uning uyi. Men Topuriyani uning hududida bajonidil do‘pposlagan bo‘lardim",-dedi Rodriges.
Ma’lumot uchun, Rodriges "UFC Fight Night 237" turnirida Brayan ortega bilan jang qiladi.
Fikrlar