Yamal "Barselona"ning navbatdagi o‘yinini o‘tkazib yuborishi mumkin

  • 13.09.2025 16:17
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Kataloniyaning "Barselona" klubi 18 yoshli yulduzi Lamin Yamal Ispaniya chempionatining 4-turidan o‘rin olgan "Valensiya"ga qarshi o‘yin oldidan "ko‘k-anorranglilar" mashg‘ulotlarida ishtirok etmadi, deya xabar bermoqda Mundo Deportivo.

Vinger sport zalida individual dastur bo‘yicha shug‘ullandi. Futbolchi Ispaniya terma jamoasi qarorgohida olgan jarohati tufayli o‘zini noqulay his qilmoqda. Lamin "ko‘rshapalaklar" bilan o‘yinda ishtirok etishi so‘roq ostida.

"Barselona" va "Valensiya" o‘rtasidagi bahs 14 sentyabr, yakshanba kuni bo‘lib o‘tadi. Start hushtagi Toshkent vaqti bilan soat 00:00 da yangraydi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!