Yamal "JCH-2026"dagi samaradorligi haqida fikr bildirdi
Ispaniya terma jamoasi vingeri Lamin Yamal "Jahon chempionati–2026" yarim finali oldidan musobaqadagi shaxsiy natijasi haqida fikr bildirdi. Uning hisobida hozircha 6 o‘yinda bitta gol bor.
"Men gol urishga o‘ta berilib qolmaganman. Lekin bunday darajadagi o‘yinda gol kiritish alohida voqea bo‘ladi. Bu chaqiriqni qabul qilaman. Men bu yerda aynan shuning uchundaman.
Bu – hamma kutgan o‘yin. O‘ylaymanki, tomoshabinlar juda chiroyli bahsni ko‘rishadi. Shu bilan birga, hayotda futbol o‘yinidan ham qiyinroq vaziyatlar bo‘ladi, shuning uchun o‘zimni xotirjam his qilaman.
Hech qanday ortiqcha bosim sezmayapman. Maydonga chiqaman va har doimgidek jamoa uchun bor kuchimni ishga solaman", – dedi Yamal.

Fikrlar