Yamal tarixiy rekord o‘rnatdi
“Barselona” hujumkor futbolchisi Lamin Yamal Ispaniya chempionatining 31-turida “Espanol”ga qarshi oʻyinda asosiy tarkibda maydonga tushdi.
Opta maʼlumotiga koʻra, bu uchrashuv ispan futbolchisi uchun La Liga doirasidagi 100-oyin boʻldi.
Shu tariqa, 18 yosh 272 kunligida Yamal Ispaniya chempionatida 100 ta oʻyin oʻtkazgan eng yosh futbolchiga aylandi.
Bundan avval bu natija “Real”ning sobiq hujumchisi Raul Gonsalesga tegishli boʻlib, u 19 yosh 284 kunligida chempionatda 100 marta maydonga tushgan edi.
Lamin Yamal «Barselona» tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Uning kataloniyaliklar bilan shartnomasi 2031 yil 30 iyungacha moʻljallangan.
Joriy mavsumda hujumchi barcha musobaqalarda 42 ta oʻyin oʻtkazib, 21 ta gol urgan va 16 ta golli uzatma bergan.

Fikrlar