Yana bir afsonaviy futbolchi Qatardagi mundial o‘zi uchun so‘nggisi bo‘lishini aytdi

  • 31 oktabr, 2022, 19:28
  • Makhmudov Jamshidbek
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Belgiyalik yarim himoyachi Kevin de Bryuyne Qatardagi jahon chempionati uning faoliyatidagi so‘nggisi bo‘lishini tan oldi.

Tecno

"Men allaqachon 31 yoshdaman va to‘rt yildan keyin nima bo‘lishini bilmayman. Bu mening uchinchi jahon chempionatim, terma jamoadagi davrim nihoyasiga etayotganini yaxshi tushunaman. Ammo jamoadoshlarimiz bilan buni muhokama qilmayman. Sababi bizda taqvim juda zich", — deb de Bryuyne so‘zlarini keltiradi "Goal.com".

31 yoshli belgiyalik futbolchi 2010 yilda terma jamoada debyut qilgan. Jamoa tarkibida 93 o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 25 gol  va 46 golli uzatma yozdirib qo‘ygan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!