
Yana bir yulduz Evropani tark etyapti
Evropa maydonlarida porlagan yulduzlardan yana biri – Anxel di Mariya faoliyatini boshqa qit’ada davom ettirishni rejalashtirmoqda.
Argentina terma jamoasi safida jahon chempionligini qo‘lga kiritgan 34 yoshli yarim himoyachi “Yuventus” bilan xayrlashishga tayyor.
Di Mariya o‘zini tarbiyalagan “Rosario Sentral” klubiga qaytib, jamoaga yordam bermoqchi. Anxelning bu qarorga kelishiga Turin klubi yoshi o‘tib qolayotgan o‘yinchiga muntazam o‘yin amaliyoti berilishini kafolatlamagani sabab bo‘ldi.
Anxel 2024 yili bo‘ladigan Amerika kubogi musobaqasida ishtirok etishni rejalashtirgan. Argentina deb terma jamoadagi o‘rnini saqlab qolish uchun futbolchi doim maydonda bo‘lishi talab etiladi.
Fikrlar