
Yana bir yulduz Saudiyadan Evropaga qaytadigan bo‘lyapti
“Liverpul”dagi muvaffaqiyatli faoliyatidan so‘ng, o‘tgan yoz Saudiya Arabistonining “Al-Ahli” klubiga qo‘shilgan Roberto Firmino jamoasini tark etishi kutilyapti.
Taniqli jurnalist Ben Jeykobs “Al-Ahli” xo‘jayinlari braziliyalik futbolchini ijaraga berib yuborishga tayyorligini yozdi. Buning uchun xaridor futbolchi har hafta olayotgn 378 ming evro miqdordagi mablag‘ning katta qismini to‘lashi talab etiladi.
Mutaxassislarning ta’kidlashicha, Firminoni faqat Angliya Premer-ligasi klublari ijaraga olishga qodir.
So‘nggi xabarlarda “Fulxem” va “Vest Xem” Roberto Firmino masalasida Saudiya Arabistgni klubi bilan ma’lumot almashmoqda. Biroq bu jamoalar o‘rtasidagi muzokaralar hali rasmiy bosqichga ko‘tarilgani yo‘q.
Fikrlar