Yana jarohat! "Real" himoyachisi safdan chiqdi

  • 27 noyabr, 2020, 20:18
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Real" yana tarkib bilan bog‘liq muammolar girdobida qolmoqda. Yaqindagina jarohatidan forig‘ bo‘lgan Dani Karvaxal yana safdan chiqdi.

Jurnalist Xose Luis Sanchesning xabar berishicha, himoyachi son mushaklarida muammo his qilgan. Endi 28 yoshli futbolchi taxminan 2 hafta davomida maydonga tusha olmaydi. Bu muddat oralig‘ida u "Alaves", "Shaxtyor", "Sevilya" va "Borussiya" Myunxengladbax kabi jamoalarga qarshi uchrashuvlarda jamoasiga yordam bera olmaydi.

Klub va futbolchi asosiy maqsadi 12 dekabrdagi "Atletiko"ga qarshi derbida harakat qilish.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!