Yangi boylar Ispaniya terma jamoasi hujumchisi uchun kurashga kirishdi

  • 06.06.2022 15:38
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol

"Nyukasl" yozgi transfer oynasi paytida Turinning "Yuventus" klubi hujumchisi Alvaro Moratani o‘z safiga qo‘shib olishni istamoqda.

Calciomercato nashri xabariga ko‘ra, "oq-qoralar" Ispaniya terma jamoasi forvardi uchun raqobatlashishga tayyor. Shuningdek, unga APLning yana bir jamoasi "Arsenal" ham shartnoma taklif qilmoqda. Londonliklar Moratani yozda klubni tark etadigan Aleksandr Lyakazetga munosib o‘rinbosar sifatida ko‘rmoqda.

Ma’lumot o‘rnida, Alvaroning huquqlari “Atletiko”ga tegishli bo‘lib, u oxirgi yillarda “keksa sinora” safida ijara asosida to‘p tepmoqda.

Morata o‘tgan mavsumda turinliklar safida 35 ta o‘yinda maydonga tushib, 9 ta gol va 7 assistni o‘z hisobiga yozdirib qo‘ygan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!