"Yangi chaqiruv, yangi yo‘l": Kubo faoliyatini APLda davom ettirish arafasida

  • 7 iyun, 17:06
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Real Madrid"ning sobiq futbolchisi Takefusa Kubo faoliyatini Angliya Premer-ligasida davom ettirishi mumkin. 
 
Jurnalist Florian Plettenbergning ma’lum qilishicha, yaponiyalik futbolchiga APLning bir nechta grand klublari jiddiy qiziqish bildirmoqda. Manbaga ko‘ra, Kubo transfer bozorida 30-40 million evroga baholanmoqda. Futbolchining o‘zi esa yangi chaqiruvlarga tayyor va Angliya chempionatida o‘zini sinab ko‘rishni intiqlik bilan kutmoqda. 
 
Eslatib o‘tamiz, 24 yoshli vinger joriy mavsum barcha chempionatlarda 52 ta uchrashuvda ishtirok etib, 7 ta gol urgan holda, 4 ta golli uzatmani ham o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi. Uning Transfermarkt portalidagi narxi 40 million evro deb baholanmoqda.

Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!