Yangi formatda o‘tadigan Ispaniya Superkubogi sanasi ma’lum bo‘ldi
Ispaniya qirollik futbol federatsiyasi mamlakat Superkubogi o‘tkaziladigan joy va sanani e’lon qildi.
Ta’kidlash kerakki, bu safargi musobaqa yangi reglamentga ko‘ra o‘tkaziladi va unda 4ta jamoa ishtirok etadi. Bu safar Superkubog uchun "Barselona" (Ispaniya chempioni), "Valensiya" (Ispaniya kubogi g‘olibi), "Atletiko" (La Ligada 2-o‘rin) va "Real" Madrid (La Ligada 3-o‘rin) klublari kurash olib borishadi. Jamoalar qur’a natijalariga ko‘ra 2ta juftlikka bo‘linishadi. Yarim final bahslari 8-9 yanvar kunlari, final uchrashuvi esa 12 yanvar kuni bo‘lib o‘tadi.

Fikrlar