Yangi galaktikos! "Real" transferlar uchun rekord miqdorda pul sarfladi

  • 13 iyun, 2019, 10:14
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Ushbu yozda "qirollik klubi" transerlar uchun 303 mln evro sarf etdi. Tarkibni kuchaytirish uchun quyidagi futbolchilar sotib olindi:

Eden Azar ("Chelsi", 100 mln evro), Luka Yovich ("Ayntraxt", 60 mln evro), Eder Militao ("Portu", 50 mln evro), Ferlan Mendi ("Lion", 48 mln evro) va Rodrigo ("Santos", 45 mln evro).

Shu tariqa 10 yil oldingi rekord ortda qoldirild. O‘shanda Krishtianu Ronaldu ("Manchester Yunayted", 94 mln evro), Kaka ("Milan", 67 mln evro), Karim Benzema ("Lion", 35 mln evro), Xabi Alonso ("Liverpul", 34,5 mln evro), Raul Albiol ("Valensiya", 15 mln evro), Alvaro Negredo ("Almeriya", 5 mln evro), Alvaro Arbeloa ("Liverpul", 4 mln evro) va Esteban Granero ("Xetafe", 4 mln evro)larning transferlari madridliklarga 258,5 mln evroga tushgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!