Yangi mavsumda Superligani nechta klub tark etadi?

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

PFL bosh direktorining sport ishlari bo‘yicha o‘rinbosari Diyor Imomxo‘jaev telegramdagi o‘zining sahifasida 2020 yilgi Superliga formati haqida ma’lumotlarni e’lon qildi.

"Superligada 14 ta klub ishtirok etadi. Ular 13 ta uy va 13 ta safar uchrashuvlarini o‘tkazadi.

Superligada so‘nggi o‘rinni egallagan klub quyi ligaga ravona bo‘ladi. 13-o‘rin sohibi esa o‘tish o‘yinida Pro-liganing ikkinchi jamoasiga qarshi maydonga chiqadi. O‘tish uchrashuvi faqat bitta o‘yindan iborat bo‘lib, u Pro-liganing ikkinchi klubi maydonida bo‘lib o‘tadi", - deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan mavsum faqatgina bir jamoa - Pro ligada g‘olib chiqqan "Mash’al" Superliga yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan va elitani bir jamoa tark etgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Расулжон Тоштемиров
30/01/2020 01:33
Хурматли УФФ нега субитсизларча бухоро билан истиклол уйнамади нега айтаверасиз кайтаверасиз
Maks Kross
07/01/2020 21:16
Диер имомхужаев хам пойтахт командалари тарафдори экан билиниб колди. Анча мунча нарсаларни куриб курмаслига олябди борган сари фудболдан кунглим колябди яхши хам Европа уйинлари курсатилябди чалгиб турибмиз
Mirali Hcerali
07/01/2020 20:39
Яхши уйинлар энди муросасиз булади