Yangi murabbiy mashhur o‘yinchini haydayapti

  • 2 iyul, 12:42
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Tottenxem”ning yangi bosh murabbiyi Tomas Frank jamoa tarkibini o‘ziga moslashga kirishdi. Angliyadagi manbalarning yozishicha, bu mutaxassis mashhur yulduz Risharlisonga chiqish eshiklarini ko‘rsatgan.

Tecno

“Tottenxem” braziliyalik futbolchini 2022 yilning yozida “Everton”dan 50 million funtga transfer qilgan edi.

Biroq London klubiga kelganidan keyin hujumkor futbolchi jarohatlar tufayli yuqori darajada o‘ynay olmadi. Risharlison “shporlar” tarkibida jami 90 ta uchrashuvda 20 ta gol va 10 ta assist muallifi bo‘ldi.

Orada 28 yoshli o‘yinchi sobiq jamoasi “Everton”ga qaytmoqchi bo‘ldi. Lekin “irislar” ustozi Devid Moyes bunga yo‘l qo‘ymadi.

Transfer bo‘yicha ekspertlarning ta’kidlashicha, ayni paytda braziliyalik yulduzga Angliya Premer-ligasidan taklif yo‘q. Risharlison Turkiyaga chempionatiga yo‘l olishi kutilyapti.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!