Yangi yulduz. Xolandning 17 yashar jiyani undan ko‘p gol urmoqda!
“Borussiya” hujumchisi Erling Xoland oilasidan yana bir zo‘r to‘purar etishib chiqmoqda. Norvegiyalik futbolchining 17 yoshli jiyani Albert Braut Tyaland gol urishda Erlingdan qolishmasligini isbotlab kelmoqda.
Ma’lumotlarga qaraganda, “Myolde” klubining yoshlar jamoasida to‘p tepayotgan hujumchi 37 ta uchrashuvda 64 ta gol urishga erishgan.
- Uzoqroq marralarni zabt etishni istayman. Men tezkor va jismonan kuchliman. Erling esa meni ruhlantirib turadi, - dedi Albert Braut Tyaland.
Erling Xolandning o‘zi Dortmund klubiga o‘tganidan beri 43 ta uchrashuvda raqiblar darvozasini 45 marta aniq nishonga oldi.

Fikrlar