Yangilangan IBF reytingida Shohjahon Ergashev pastladi

  • 18 iyul, 2022, 10:39
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Professional boksning tayanch tashkilotlaridan biri hisoblangan Xalqaro boks federatsiyasi (IBF) o‘zining yangi reytingini e’lon qildi.

Tecno

Yarim o‘rta vazn toifasida (66,6 kg) IBF Shimoliy Amerika mintaqaviy chempionlik kamari egasi Shahram G‘iyosov ushbu reytingda o‘tgan oydagi kabi 9-pog‘onani saqlab qolgan.

Super engil vazn toifasida (63,5 kg) faoliyatini davom ettirayotgan Shohjahon Ergashev 4-o‘rindan 2 pog‘ona pastlab, 6-o‘rinda qayd etilgan.

Birinchi yarim engil vazn toifasida (55,3 kg) Murodjon Ahmadaliev yo‘nalish chempionlik pozitsiyasini band qilib turibdi.

Ushbu reytingda boshqa o‘zbek bokschilari qayd etilmagan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!