Yangilik! Endi Superliga uchrashuvlarini ruscha sharhda ham tomosha qilishingiz mumkin
So‘nggi ikki mavsumdan buyon Superliga uchrashuvlarining aksariyatini jonli efirda namoyish etib kelayotgan “Sport” telekanali xodimlari tez kunlarda yana bir yangilikka qo‘l urishmoqchi.
Telekanal direktori Zohid Karimov o‘zining tvitterdagi sahifasida ma’lum qilishicha Superliganing 3-turidan o‘rin olgan “Paxtakor” – “Nasaf” o‘yinidan boshlab muxlislar “Sport” telekanali orqali uchrashuvni bir vaqtning o‘zida ham o‘zbek, ham rus tillaridagi sharhda tomosha qilishlari mumkin. Buning uchun televizor yo‘lagini kerakli tilga o‘zgartirish kifoya.
Eslatib o‘tamiz, “Paxtakor” – “Nasaf” o‘yini ertaga soat 18:00da boshlanadi.

Fikrlar