Yarim final qahramoni "Real"ga o'tishni istayapti

  • 15.07.2026 20:42
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

«Tottenxem» klubi va Ispaniya terma jamoasi himoyachisi Pedro Porro o‘z kelajagini «Real» safida qurishni istamoqda.

Jurnalist Mario Kortegana ma’lumotlariga ko‘ra, yozgi transfer oynasida futbolchi «Qirollik klubi»ga o‘tishni juda ham xohlayapti. Shu bilan birga, u «Real Madrid» uning nomzodini jiddiy ko‘rib chiqmasligini ham yaxshi tushunadi. Oxir-oqibat shunday bo‘ldi – madridliklar Porroni sotib olish rejasiga ega emas.

Pedro Porro 2023 yili «Sporting» klubidan «Tottenxem» safiga 40 million yevro evaziga kelib qo‘shilgan. Uning londonliklar bilan tuzgan shartnomasi 2031 yil 30 iyuniga qadar amal qiladi. 

2025/26 yildagi mavsumda himoyachi barcha musobaqalar doirasida «Tottenxem» tarkibida 47 o‘yin o‘tkazib, 2 ta gol urdi va 6 ta golli uzatma muallifiga aylandi. Transfermarkt portali Porroning bozor qiymatini 35 million yevro atrofida baholamoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!