Yaxshi murabbiylar yaxshi futbolchi ham bo‘lganmi? APL murabbiylarining futbolchilik davriga nazar (reyting)

  • 8 yanvar, 2021, 10:42
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Futbolchilarning aksariyati faoliyatini yakunlagach ham, mana shu olamda qolishga intiladi. Kimlardir klub tizimida faoliyat olib boradi, ba’zilari futbolga oid muhim tashkilotlarda ishlaydi va umuman boshqa mashg‘ulotlar bilan band bo‘lib ketganlarini ham ko‘p uchratamiz. Ammo, ko‘pincha, ular o‘zlarini murabbiylikda sinab ko‘rishga harakat qiladi. Kimdadir bu yaxshi ish beradi, “o‘xshamagan”lari esa ko‘proq. Keling, bu gal orqaga tomon harakatlanamiz va APL barcha murabbiylarining futbolchilik faoliyatini baholashga urinamiz. 

  1. Joze Mourino (“Tottenxem”) 

Pozitsiyasi: Yarim himoyachi

Nomdor jamoalari: “Riu Ave”, “Belenensesh”

Mourinoning futbolchilik davri haqida qanchalik harakat qilmang, uzoq gapira olmaysiz. Chunki, u yoshlik davridayoq “butsalarini mixga ilgan”. Keyinroq, u Bobbi Robsonning tarjimoni bo‘lib ishladi va murabbiy sifatida o‘sishga erishdi. Bugungi futbolning eng kuchli murabbiylaridan biri, ochig‘i, futbolchi sifatida hech kim bo‘lmagan yoxud bo‘la olmagan.

NINTCHDBPICT000553146070-e1578665852112

  1. Brendan Rojers (“Lester”)

Pozitsiyasi: Himoyachi

Nomdor jamoalari: “Reding”

Omadli murabbiylar qatorida tilga olinadigan Brendan Rojers futbolchilik faoliyatini oyog‘idagi tug‘ma muammo tufayli erta yakunlashga majbur bo‘lgan. “Reding”dagi qisqa yillarini tugatgach ham, norasmiy ligalarda o‘ynab yurdi. Balki, ayni mana shu vaziyat kelgusidagi muvaffaqiyatlarga zamin yaratgan bo‘lsa ham ajab emas. 

rodgers

  1. Marselo Belsa (“Lids”)

Pozitsiyasi: Himoyachi

Nomdor jamoalari: “Nyuelz Old Boyz”

APLning eng “yangi” murabbiyi (Sem Ellerdaysning avval ham, Angliyada ishlagani inobatga olingan) u qadar uzoq futbolchilik qila olmagan. U 5 yillik faoliyati davomida Argentinaning bir qator klublarida o‘ynab ulgurgan. Ular orasida eng mashhuri kelgusida o‘zi boshqarib, Argentina chempioniga aylantirgan - “Nyuellz Old Boyz”. 

8e7949d25b392014b6c4089dbeb3382ddd9de580r1-768-800v2_hq-1-1969097024-1603192035408

  1. Grem Potter (“Brayton”)

Pozitsiyasi: Chap qanot himoyachisi

Nomdor jamoalari: “Birmingem”, “Stok Siti”, “Sautgempton”, “Vest Bromvich”

Shvetsiya klubidagi muvaffaqiyati sabab, APLga murabbiy sifatida taklif etilgan “Brayton” murabbiyi uchun Angliya diyori yangi joy emas. Yuqoridagi klublarning nomidan ham ko‘rishingiz mumkinki, u “tumanli albion” muhitini ancha yaxshi biladi. Ha, futbolchi sifatida uni omadlilar qatorida tilga ola bilmaymiz. Murabbiylik ishlari ham hozircha maqtarli emas. 

Potter2

  1. Roy Xojson (“Kristal Pelas”)

Pozitsiyasi: Himoyachi

Nomdor jamoalari: “Kristal Pelas”, “Greyvsent”, “Meydstoun”, “Bere Park”.

Roy Xojson yaxshi futbolchi bo‘lmagan. Bu uning dunyo darajasidagi murabbiy bo‘lishiga katta ta’sir ko‘rsatmagan. Himoyachi tarzida maydonda harakat qilgan ingliz uzoq yillar mobaynida turli klublarni boshqarishga muvaffaq bo‘lgan. Futbolchilik yillarida ayni damda boshqarayotgan “Kristal Pelas” eng yorqin klub sifatida esda qolgan. 

_methode_times_prod_web_bin_4ecfac88-33e7-11ea-83aa-e8f0eae9d133

  1. Devid Moyes (“Vest Xem”)

Pozitsiyasi: Himoyachi

Nomdor jamoalari: “Seltik”, “Bristol”, “Danfermlayn”, “Preston”

Ha, Moyes “Seltik”ning afsonaviy treblida qatnashish baxtiga erishgan futbolchilarning biri. Ammo uni shotlandlarning o‘zgartirib bo‘lmas a’zosi bo‘lgan, deb ayta olmaymiz. Bu klub safida u qadar katta vaqt mobaynida ham harakat qilmagan. U futbolchiligining katta qismini “Damferlayn” va “Preston” safida o‘tkazgan. O‘rtamiyonadan quyiroq darajadagi futbolchi - o‘rtamiyona murabbiy. 

David-Moyes

  1. Nunu Eshpiritu Santu (“Vulverxempton”)

Pozitsiyasi: Darvozabon

Nomdor jamoalari: “Vitoriya”, “Deportivo”, “Portu”

Nunu Eshpiritu Santu futbolchilik faoliyatini 2010 yilda “Portu” safida yakunlagan. Bungacha u, Joze Mourino qo‘l ostida shug‘ullanishga muvaffaq bo‘lgan. O‘z mahalliy jamoalarida to‘p surishdan tashqari, darvozabon ispan va rus klublarida ham harakat qilgan. 

22205722-0-image-a-148_1576250344088

  1. Din Smit (“Aston Villa”)

Pozitsiyasi: Himoyachi

Nomdor jamoalari: “Uolsoll”, “Leyton Orient”, “Sheffild Uensdey”, “Port Veyl”

Din Smit uzoq yillik futbolchilik tajribasiga ega. Shu davr mobaynida, u 5 ta klub libosida maydonga tushgan. Hech qachon oliy divizionda harakat qilish unga nasib etmagan. Yuqorida nomlari eslab o‘tilgan klublarning aksariyati safida 100 dan ortiq bahslarda ishtirok etgan. 

PRI_169619297-1-640x360

  1. Kris Uaylder (“Sheffild”)

Pozitsiyasi: Himoyachi

Nomdor jamoalari: “Sheffild”, “Notts Kaunti”, “Charlton Atletik”, “Brayton”

Kris Uaylder futbolchilikni ham aynan “Sheffild” klubida boshlagan. Yoshlik davrlarining eng yorqin esdaliklari qatoridan joy olgan ushbu jamoa uning kelgusi faoliyatiga katta tramplin vazifasini o‘tab bergan. Ajab emas, murabbiylik bobida ham shu holat takrorlansa. Yoshi ancha o‘tib qolganiga qaramay, uni biz murabbiy sifatida endi tanidik. 

chris-wilder-player-2-1024x683

  1. Sem Ellerdays (“Vest Bromvich”)

Pozitsiyasi: Himoyachi

Nomdor jamoalari: “Bolton”, “Sanderlend”, “Miluoll”, “Xaddersfild”, “Preston”, “Vest Bromvich”

Albatta, “katta Sem” himoyachi bo‘lgan! Nima deb o‘ylagandingiz?! “Vest Bromvich”ning yangi murabbiyi ushbu klub uchun begona emas. Ammo Ellerdays nomini futbolchi sifatida ko‘proq “Bolton” nomi bilan bog‘lash o‘rinli. Sababi, u faoliyatining katta qismini shu jamoada o‘tkazgan. Ian Grivz qo‘l ostida Sem o‘z jamoasini yuqori divizionga olib chiqishga ko‘maklashgan. Shu bilan birga, u okeanortida ham bir yil o‘ynab kelishga ulgurgan. 

36729E4700000578-3700103-image-m-18_1469059058081

  1. Shon Daych (“Byornli”)

Pozitsiyasi: Himoyachi

Nomdor jamoalari: “Nottingem Forest”, “Chesterfild”, “Miluoll”, “Nortxempton”

Shon Daych o‘zi futbol o‘ynagan yillarda yaxshi saviyali himoyachi ekanini isbotlab qo‘ygan. Faoliyatini erta yakunlaganiga qaramay, u “Chesterfild”ning afsonaviy vakillaridan biri hisoblanadi. Quyi divizion jamoasini sardor sifatida Angliya Kubogi yarim finaligacha olib kelgani hali-hanuz unutilmaydi. U ham murabbiylik yo‘nalishiga birmuncha erta o‘tgan. 

sean-dyche

  1. Yurgen Klopp (“Liverpul”)

Pozitsiyasi: Hujumchi/ himoyachi

Nomdor jamoalari: “Maynts”

Biz adashmadik. Ha, germaniyalik mutaxassis ham hujumchi, ham himoyachi sifatida o‘ynab ko‘rgan. Endi tushundingizmi, nega “Liverpul” bu qadar oson himoyalanadi va bemalol gol uradi! “Maynts”dagi 11 yillik faoliyati sovrinlarga boy o‘tmadi. U nisbatan erta futbolchilikdan ketdi va murabbiylik ishini ham aynan jonajon klubida boshladi. 

Klopp_The_Redmen_TV

  1. Ralf Xazenxyuttl (“Sautgempton”)

Pozitsiyasi: Markaziy hujumchi

Nomdor jamoalari: “Avstriya Vienna”, “Kyoln”

Xazenxyuttlning o‘zi haqida gapiradigan bo‘lsak, u yuqori iste’dod sohibi bo‘lmagan. Ammo u milliy chempionat jamoalarining 8 tasi safida 400 dan ortiq bellashuvda maydonga tushgan. Eng yorqin davri sifatida “Avstriya Vienna” tarkibidagi yillarini keltirsak bo‘ladi. 1989-1994 yillar mobaynida Ralf 172 uchrashuvda maydonga tushib, 56 ta gol urishga muvaffaq bo‘lgan. 

HASENHUTTL-COLOGNE-e1593608830668

  1. Mikel Arteta (“Arsenal”)

Pozitsiyasi: Yarim himoyachi

Nomdor jamoalari: “Barselona”, PSJ, “Reynjers”, “Real Sosedad”, “Everton”, “Arsenal”

Mikel Arteta o‘zi to‘p surgan davrda Premer-liganing eng hurmatga sazovor o‘yinchilaridan biri edi. “Everton”dagi 6, “Arsenal”dagi 5 yili sababli bunday e’tirofga munosib, nazarimda. U Arsen Venger o‘yinining tom ma’nodagi o‘zagi edi. U ketgach, frantsuz mutaxassisining ham uzoq yillik faoliyati yakuniga etdi. 

mikel-arteta-arsenal-manager-player

  1. Skott Parker (“Fulxem”)

Pozitsiyasi: Yarim himoyachi

Nomdor jamoalari: “Charlton”, “Norvich”, “Chelsi”, “Nyukasl”, “Vest Xem”, “Tottenxem”, “Fulxem”

“Charlton” safida 17 yoshidayoq debyut amalga oshirgan Parker mamlakat miqyosida eng umidli yarim himoyachilar qatorida tilga olinardi. Birinchi jamoasini tark etayotgan bir paytda, u milliy terma jamoa tarkibida 18 ta bellashuvda maydonga tushib ulgurgandi. 

2004 yilda “Chelsi”ga o‘tishi yakunda omadli yakunlanmaydi. Shunchaki, Skott zaxira o‘rindig‘ini to‘ldirib turgani uchun Premer-liga oltin medallariga ega chiqadi. “Tottenxem” va “Vest Xem”dagi o‘yinlari esa, ancha yaxshi chiqadi. U o‘z vaqtida Futbol yozuvchilari uyushmasi talqiniga ko‘ra, yilning eng yaxshi o‘yinchisi unvonini qo‘lga kiritadi. 

scottparker_20110209

  1. Stiv Bryus (“Nyukasl”)

Pozitsiyasi: Himoyachi

Nomdor jamoalari: “Gillingem”, “Norvich”, “Manchester Yunayted”

Premer-liganing eng dastlabki davrlarida “Manchester Yunayted” to‘liq hukmronlik qildi. 1992-1996 yillar mobaynida “qizil iblislar” 3 marotaba chempionlikka erishdi. Bu natijalarning bir qismi himoya markazida ishonchli o‘ynagan Stiv Bryusning xizmatlariga borib taqaladi. Ingliz futbolchisi ser Aleks Fergyusson erasining eng dastlabki vakillari qatoridan o‘rin olgan. 1987 yilda klubga kelib qo‘shilgan Bryus jamoa bilan Angliya kubogi va Liga kubogini, Evropa kubok egalari kubogini ham yutishga erishgan. 

NINTCHDBPICT000627199587

  1. Ole-Gunnar Sulsher (“Manchester Yunayted”)

Pozitsiyasi: Hujumchi

Nomdor jamoalari: “Manchester Yunayted”

Sulsherni ingliz futboli ixlosmandlari “go‘dak yuzli qotil”, deb atashadi. Bunga to‘la asos bor. Yoqimtoy va yuvosh tabiatiga qaramay, norvegiyalik sobiq futbolchi o‘zi o‘tkazgan 366 ta o‘yinda 126 marotaba raqib posbonlarini ranjitishga erishgan. Bu gollar u va jamoasiga 6 ta APL chempionligi, kubok va Chempionlar Ligasidagi g‘alabalarni taqdim etdi. Barselona finalidagi g‘alaba goli esa, uning faoliyatidagi cho‘qqi bo‘lgandi.

Legends-Profile_Ole-Gunnar-Solskjaer11523463502663_large

  1. Karlo Anchelotti (“Everton”)

Pozitsiyasi: Yarim himoyachi

Nomdor jamoalari: “Parma”, “Roma”, “Milan”

Anchelotti futbol o‘ynagan davrlarni ko‘pchiligimiz ko‘rmaganmiz, albatta. Yaxshiyamki, videotasvirlar va yozma manbalar mavjud. Ular orqali o‘tmish futboliga qisman bo‘lsa-da, sayohat qilishga muvaffaq bo‘lamiz. Aks holda, biz kabi yosh avlod vakillari 80-yillarda futbol o‘ynagan Anchelotti haqida nimalar deya olardik?!

U maydon markazida kuchli energiyasi bilan ajralib turuvchi futbolchi bo‘lgan. “Karletto” “Milan” va “Roma” tarkibida A Seriya chempioni, Italiyaning 1990 yilgi mundialda zafar quchishiga yordam berganlarning biri edi. 

carlo-02

  1. Pep Gvardiola (“Manchester Siti”)

Pozitsiyasi: Yarim himoyachi

Nomdor jamoalari: “Barselona”

Bechora Gvardiola. U ham futbolchi, ham murabbiy sifatida EChL g‘olibligiga erishgan kam sonli insonlarning biri. Shunga qaramay, reytingimizda 2-o‘ringa joylashishga majbur. Ha, u “Barselona”ning yaxshi darajadagi futbolchilaridan biri bo‘lgan. Ammo Pep Stoichkov, Romario, Rivaldo yoki Ronaldino kabi klubning buyuk afsonalari qatorida tilga olinmaydi. Bu gaplar uning futbolchiligi haqida, xolos. Murabbiy sifatida uning “Barselona”dagi yillarini muxlislar o‘zgacha entikish bilan eslaydi. 

Uning yuqoriroq darajadagi futbolchi bo‘lib tarixda qolishiga 1996 yilgi Evropa chempionati va 1998 yilgi jahon chempionatida jarohatlar sabab qatnasha olmagani xalaqit bergan bo‘lishi ham mumkin. 

AAvzNeU

 

  1.  Frenk Lempard (“Chelsi”)

 

Pozitsiyasi: Yarim himoyachi

Nomdor klublari: “Vest Xem”, “Chelsi”, “Manchester Siti”

Frenkni maydon chetida futbolchilarga ko‘rsatma berayotgan holda ko‘rar ekanmiz, nahotki u futbolchilikdan ketgan bo‘lsa, deb qolamiz. Ha, uni murabbiy sifatida qabul qilishimiz biroz og‘ir kechadi. “Chelsi” tarixidagi eng yaxshi 3 futbolchining biri aynan Lempard bo‘ladi. “Aristokratlar” tarkibidagi 13 yillik faoliyati davomida 211 ta gol urishga muvaffaq bo‘lgan. 

Uning ketishi londonliklar uchun og‘riqli tarzda amalga oshdi. Hamma Frenkning “Stemford Bridj”dagi so‘nggi o‘yini xayrlashuv kechasiga aylanib ketishi, ko‘zyoshlar va qarsaklar bilan uni futbolchilikdan kuzatib qo‘yilishini kutishgandi. Mourino esa professionallikning eng “sovuq” qoidalarini Lempardga nisbatan ishlatdi. 

Biroq, baribir u barchaning qalbida “Chelsi” futbolchisi sifatida qoldi. 

lampard

Abdulvosid Valixonov tayyorladi

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Dilshodbek Xoliqov
08/01/2021 11:36
Qoyil zo'r chiqibdi.