Yaxshiboevga yordam kerak!

  • 6 noyabr, 2020, 09:30
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Osiyo futbol konfederatsiyasi haftaning eng yaxshi legionerini aniqlash uchun so‘rov o‘tkazayotgani haqida xabar bergan edik. Ushbu nominatsiya g‘olibligiga xorij chempionatlarida muvaffaqiyatli o‘ynayotgan Osiyo futbol konfederatsiyaga a’zo mamlakatlarning jami o‘n nafar futbolchisi da’vogarlik qilmoqda.

Tecno

Ushbu ro‘yxatdan Belarus chempionatida ishtirok etgan  hamyurtimiz Jasur Yaxshiboev ham joy olgan.

Ma’lumki, Jasur “Shaxtyor”ning “Belshina”ga qarshi o‘tkazilgan safar uchrashuvida uchta gol urdi,  bir bor jamoadoshi goliga assistentlik qildi va jami 17 marta yakkakurashlarda g‘olib chiqib, soligorsliklarning 5:1 hisobidagi g‘alabasiga katta hissa qo‘shdi.

Ayni paytda so‘rovnomada eronlik Ali G‘olizoda, avstraliyalik Elli Karpenter, iroqlik Ahmad Yosin etakchilik qilmoqda. Hozirgacha 10 foizga yaqin ovoz to‘plagan Jasur Yaxshiboev to‘rtinchi o‘ringa chiqib oldi.

O‘zbekistonlik futbol muxlislari quyidagi havola orqali ovoz berib, Jasur Yaxshiboevning so‘rovnomada yanada yuqorilashiga yordam berishi mumkin.

https://www.the-afc.com/news/afcsection/vote-for-your-afc-international-player-of-the-week-x3306

Yaxshiboev hech qachon taslim bo‘lmaydi yoxud Jasurdan super xet-trik!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!