Yaxshiboevni yangi murabbiy shug‘ullantiradi (foto)

  • 06.09.2020 19:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

O‘zbekistonlik legioner Jasur Yaxshiboev to‘p surayotgan Soligorskning “Shaxtyor” jamoasiga ukrainalik Roman Grigorchuk bosh murabbiy etib tayinlandi.

20200905181323

Bu mutaxassis futbolchilik faoliyati davomida Ukraina, Avstriya, Polsha, Avstriya, Latviya va Rossiya klublarida hujumchi sifatida to‘p surgan.

Murabbiylik faoliyatini Latviyaning “Dinaburg” jamoasida boshlagan. Ushbu mamlakatning “Ventspils” jamoasini uch marta chempion qilgan.

Keyinchalik Ukraina, Ozarbayjon va Qozog‘iston klublarini muvaffaqiyatli boshqargan. Uning qo‘l ostidagi jamoalar  muntazam sovrinli o‘rinlar uchun kurashgan va Evropa Ligasi musobaqalarida qatnashgan.

“Shaxtyor” joriy mavsumda Belarus chempionatida 22 ta uchrashuvda 43 ochko jamg‘argan holda musobaqa jadvalida peshqadamlik qilmoqda. Jamoaning asosiy hujumchilaridan biri bo‘lgan Yaxshiboev 12 ta gol bilan to‘purarlar bahsida peshqadam bo‘lib turibdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!