Yirik g‘alaba “Arsenal”ga qimmatga tushishiga bir bahya qoldi

  • 21 aprel, 07:31
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

Angliya Premer-ligasining navbatdagi turida “kanonirlar” Leandro Trossarning dubli, Gabriel Martinelli va yosh iste’dod sohibi Etan Nvanerining bittadan goli evaziga bir  kishi kam bo‘lib qolgan “Ipsvich”ni yanchib tashladi – 4:0.

Biroq 23 yoshli Bukayo Saka uchun o‘yin unchalik ham engil kechmadi. “Ipsvich” futbolchisi Leyf Devisning orqadan qilingan qo‘pol harakati tufayli Saka erga quladi. Bu harakat hakam tomonidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri qizil kartochka bilan jazolandi.

Sakaning ahvoli “Arsenal”ning g‘alabali kunida biroz xavotirga sabab bo‘ldi. Saka o‘sha paytda muolajadan so‘ng o‘yinni davom ettirgan bo‘lsa-da, 57-daqiqada zaxiraga olindi.

“Arsenal” bosh murabbiyi Mikel Arteta “Ipsvich” ustidan qozonilgan 4:0 hisobidagi yirik g‘alabadan so‘ng o‘yinni jarohati tufayli erta tark etgan Bukayo Saka haqida gapirdi.

Biroq Arteta intervyusida vaziyat jiddiy emasligini aytib, muxlislarni xotirjam qildi: 

- Saka to‘qnashuv sababli biroz og‘riq sezdi, lekin jiddiy narsa emasdek ko‘rinmoqda. Men vaziyatni sekinlashtirilgan holatda tomosha qilganim yo‘q, faqat oddiy tezlikda ko‘rdim. Unga orqadan zarba berildi. Menimcha, bu ataylab qilingan emas, lekin xavfli, chunki bunday holatda futbolchi raqibni ko‘rishga ulgurmaydi va unga qarshi hech qanday himoyaviy harakatni amalga oshirolmaydi, - dedi Mikel Arteta.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!