Yirik transferga "bir qadam" qoldi

  • 27 mart, 2022, 17:56
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Barselona" tarkibni kuchaytirish ishlarini a’lo darajada davom ettirmoqda. 

Kataloniya klubi braziliyalik futbolchi Rafinya transferi masalasida katta qadam tashladi. Ma’lum bo‘lishicha, 25 yoshli vinger "ko‘k-anorranglilar" bilan 5 yillik shartnoma borasida kelishuvga erishgan. Bu haqda "Diario Sport" nashri xabar beryapti. 

"Liverpul" hamda "Bavariya" Rafinyaga "Barsa"dan ko‘proq maosh taklif qildi. Shunday bo‘lsa-da u boshqa klublardan kelgan chorlovlarga rad javobini bergan. 

Endilikda, ispan grandi oldida turgan vazifa "Lids"ni mazkur transferga ko‘ndirish hisoblanadi. Hozircha yorkshirliklar "Barsa"ning taklifini rad etmoqda. Biroq futbolchining o‘zi kelishuv amalga oshishi uchun amaldagi klubiga bosim o‘tkazishga tayyor. 

Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!