
Yoaxim Lyov kasalxonaga tushib qoldi
Germaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Yoaxim Lyov qon aylanishi tizimining buzilishi bilan kasalxonaga yotqizildi. Bu haqda Bild nashri xabar bermoqda.
Berilgan ma’lumotlarga qaraganda 59 yoshli mutaxassis mashg‘ulotlardan so‘ng o‘zini yomon his qila boshlagan. Endi u Evro-2020 sarlashidan o‘rin olgan Belarus (8 iyun) va Estoniya (11 iyun) terma jamoalariga qarshi bahslarda Bundestimni maydonga boshlab tusha olmaydi.
“Hozir o‘zimni yaxshi his qilyapman, ammo men keyingi 4 hafta davomida biroz davolanishim kerak. Men murabbiylar shtabi bilan doimiy aloqada bo‘lib turaman. Biz bo‘lajak o‘yinlar vaqtida o‘zaro bog‘lanib turamiz”, - deydi Lyov.
Endi Belarus va Estoniyaga qarshi bahslarda Germaniyaga Lyovning assistenti Markus Zorg ustozlik qiladi.
Fikrlar