
Yoaxim Lyov: O‘zilning o‘rniga agenti qo‘ng‘iroq qildi
Germaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Yoaxim Lyov "Chelsi" va "Arsenal" jamoalari o‘rtasidagi Evropa ligasi final bahsidan oldin “kanonirlar” xavbeki Mesut O‘zil haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
“Biz hali O‘zil bilan bog‘lanmadik. U bilan hech qanday aloqamiz yo‘q. U shaxsan o‘zi menga qo‘ng‘iroq qilishi kerak edi, ammo uning o‘rniga agenti qo‘ng‘iroq qildi. Shundan buyon Mesut qo‘ng‘iroq qilmadi. Men esa murabbiy sifatida ba’zan mana shunday holatlarni ham qabul qilishim shart”, - deydi Lyov.
Eslatib o‘tamiz, O‘zilning o‘tgan yil Turkiya prezidenti Rejep Tayeb Erdo‘g‘on bilan birga suratga tushgach, Germaniyada jiddiy tanqidlarga sabab bo‘ldi. Keyinchalik futbolchi buning ortidan milliy terma jamoadagi faoliyatini yakunladi.
Fikrlar