Yopiq eshiklar ortida o‘tgan ilk mashg‘ulot yoxud Ektor Kuper o‘z ishini boshladi (FOTO)

  • 22.08.2018 20:44
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi
Avval xabar berilganidek, Ektor Kuper boshchiligidagi O‘zbekiston milliy terma jamoasi bugundan Toshkentda yig‘in boshladi. Yig‘inga jalb qilingan futbolchilar poytaxtimizdagi "Jar" stadionida birinchi mashg‘ulotni o‘tkazishdi. Aytish lozimki, ilk kungi mashg‘ulotlar argentinalik mutaxassisning talabi bilan OAV xodimlari uchun yopiq tarzda o‘tkazildi.
 
Dastavval, Kuper futbolchilar bilan birma-bir tanishib chiqdi. Keyin mashg‘ulotlarga start berildi. 

ec9244c026644e14869f93dc8575d778c4838985.jpg
 
Mashg‘ulot davomida Ektor Kuperga uning yordamchilari Xose Karlos Fantagutstsi, Antonio Sarioglu va Mahmud Fayoz Muhammad yordam berishdi. Avvaliga futbolchilar engil chigalyozdi mashqlarini olib borishdi. Keyin futbolchilar pozitsiyalariga ko‘ra guruhlarga bo‘linishdi. Har bir guruh bilan alohida mashq o‘tkazildi.
 
b22b56b6a6256dd4e22d7ae7b6cc0a6d1d08b29c.jpg 

Darvozabonlar bilan "Nasaf"dan chaqirilgan murabbiy Denis Ivankov ishladi. Keyin futbolchilar maydonning yarmida ikkiga bo‘lingan holda futbol o‘ynashdi. Mashg‘ulotdan keyin futbolchilar muz to‘ldirilgan basseynga tushib, tiklanish mashqlarini davom ettirishdi.

260c9754b43991ae9110a9fec1d07c8f72210edf.jpg
 
Mashg‘ulotlar quvnoq kayfiyatda o‘tganini, futbolchilar yangi murabbiy ko‘z o‘ngida astoyidil mehnat qilishganini ham alohida ta’kidlab o‘tish kerak.
 
e85e9c7de42ae316a814f037d38186b087520965.jpg
e76e31ff98362b6fbe1af92ab9d2e8ab35d61231.jpg

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!